• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasb egasi”

13 Dekabr 2022, 9:45 673

Xondiza kon boshqarmasi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kasb egasi” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda boyitish fabrikasi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha II toifali muhandisi X. Xo‘jayev so‘z olib, ishtirokchilarga va yosh ishchi-xodimlarga o‘z kasbiga fidoyilik va har bir xodim ish jarayonida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishsa, baxtsiz hodisalarning oldini olishgan hissa qo‘shgan bo‘lishi ta'kidlab o‘tdi.

Tanlov yozma savol-javob tarzida tashkil etilgan bo‘lib, sohaga oid 10 ta savollarga ishtirokchilar javob berishdi.

Har bir to‘g‘ri javob 1 ballik tizimda baholandi va ishtirokchilarga 40 daqiqa vaqt berildi. 

Tanlov natijalariga ko‘ra, Kimyo tadqiqot laboratoriyasi laboranti Qobil Yuldoshev 8,6 ball to‘plab mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dilmurod Qosimov,

Xondiza KB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech