• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Eng yaxshi mustahkamlovchi"

20 Sentyabr 2023, 15:38 857

Kuni kecha Chodak kon boshqarmasida mustahkamlovchi kasbida ishlovchi ishchilar oʻrtasida "Eng yaxshi mustahkamlovchi" kasb mahorat tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ma'lumki ushbu kasb egalari yerosti konlarida mehnat qilib, ularning asosiy vazifasi lahmlar, zaboylarni mustahkamlab borish sanaladi. Shuningdek mustahkamlovchilar bo‘shliqlarni to‘ldiradi, betonli karkaslar va temirli mustahkam to‘sinlarni o‘rnatib boradi. Mustahkamlash ishlari - kon bosimini va ishlarni xavfsiz olib borilishini ta'minlaydi.

Shaxtada kon lahmida (zaboyda) mustahkamlovchilar gorizontal, qiya va tik (vertikal) kon lahimlarida mustahkalash ishlari 11 soatni tashkil etadi. Kon lahimini xavfsiz holatga keltirish, jihozlarning ishlashga yaroqliligini va ularning yerga zaminlanganligini tekshirish, tog‘ jinsi massasini suv bilan so‘ndirish (chang bosish), yotiq (gorizontal), qiya va tik (vertikal) ishlov berishda barcha turdagi tayanchlarni o‘rnatish, ta'mirlash va demontaj qilish,  panjara, xavfsizlik  javonlarini o‘rnatish va demontaj qilish kabi vazifalar ham ularning ishini asosini tashkil etadi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z kasblari hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tuzilgan savollarga yozma javob berishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 3-o‘ringa Guzaksoy koni mustahkamlovchisi Fazliddin Kamolov loyiq ko‘rildi.

Pirmirob koni vakili O‘tkirjon Yo‘ldoshev esa 2-o‘rinni egalladi.

Uning hamkasbi Siddiqjon Hamidov esa "Eng yaxshi mustahkamlovchi", deya e'tirof etildi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Abduvali Boboyev,

Chodak KB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech