Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi o‘qituvchi logoped

01 Iyul 2025, 13:28 990

Kuni kecha Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchi logopedlar o‘rtasida “Eng yaxshi o‘qituvchi logoped” nomli kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy bosqichida saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashdilar.

Tanlovda ishtirokchilar “Keling tanishaylik”, “Amaliy qism”, “Taqdimot” kabi shartlarni bajarishdi.

MTM o‘qituvchi logopedlarining kasbiy mahoratini, maktabgacha ta'lim uslubiyati bo‘yicha malakasini aniqlash, kasbiy pedagogik tajribalari bo‘yicha malaka almashish jarayonini tashkil etish va ommalashtirish, sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish, innovatsion pedagogik tajribalarini aniqlash hamda ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga ta'lim-tarbiya berish sohsida innovasion texnologiyalardan faol foydalanishga undash maqsadida o‘tkazilgan tanlov qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 33-MTT o‘qituvchi logopedi Malika Qambaraliyeva, g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi o‘qituvchi logoped” bo‘ldi.

39-MTT sharafini himoya qilgan Nilufar Bo‘tayeva ikkinchi o‘rinni egalladi.

31-MTT o‘qituvchi logopedi Matluba Toshpulatova esa uchini o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech