• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi tarbiyachi yordamchisi”

29 Sentyabr 2023, 12:23 747

OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi tarbiyachi yordamchisi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

MTT tarbiyachi yordamchilarining kasbiy mahorati, ish jarayonida talab etiladigan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakalari hamda ko‘nikmalarining darajasini aniqlash, malaka almashish jarayonini tashkil etish, sog‘lom raqobat ruhini shakllantirish, ishtirokchilarning ponesial va alohida iqtidorlarini ochib berish maqsadida tashkil etilgan tanlov saralash va asosiy bosqichlarda tashkil etildi. Asosiy bosiqchda ishtirokchilar “Kasbim – mening faxrim”, “Kim chaqqon”, “Erkin mavzu” kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Tadbir soʻngida “Eng yaxshi tarbiyachi yordamchisi”, deya 35-MTT vakilasi Maftuna Ismoilova e'tirof etildi.

Shuningdek, 28-MTTdan Maftuna Davlatova, “Eng serqirra tarbiyachi yordamchisi”, 31-MTTdan Ma'mura Urazbayeva “Eng xushmuomala”, 20-MTTdan Lola Pardayeva “Eng chaqqon”, 12-MTTdan Shahlo Ismailova “Eng ijodkor”, 39-MTTdan Nozima Xamrayeva “Eng tashabbuskor” nominatsiyalariga loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar pul mukofotlar bilan rag‘batlantirildi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech