• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

G'oliblar rag'batlantirildi

22 Noyabr 2022, 9:35 911

Ikki yildan buyon yurtimizda "Kasaba uyushmalari kuni" keng nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan 11 noyabr - Kasaba uyushmalari kunida hatto butun xalqimiz uchun dam olish kuni etib belgilangani bu soha vakillariga bo‘lgan e'tiborning yana bir isbotidir.

Bu sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodim doim e'tiborda. Xususan, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida ham ushbu kun munosabati bilan korxonada samarali faoliyat yuritib kelayotgan sex kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislarini rag‘batlantirish maqsadida barcha sexqo‘mlar o‘rtasida "Eng yaxshi sexqo‘m" tanlovi o‘tkazildi.

Yillar davomida Kasaba uyushmasi faoliyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajargan hamda yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan sexkomlar tanlov davomida faol ishtirok etishib, faxrli o‘rinlarga munosib deb topildi.

Jumladan, 2-temir yo‘l sexqoʻmi Mohira Ergasheva "Eng yaxshi sexqo‘m" tanlovining mutlaq g‘olibi sifatida 1-o‘rniga munosib deb e'tirof etildi.

Elektr bilan ta'minlash bosh xizmati va kontakt tarmoqlari xizmati sexqo‘mi Qudrat Kamalov esa 2-o‘ringa, 4-temir yo‘l sexqo‘mi Ziyoda Ahmedova esa 3-o‘rin sohibi bo‘lishdi.

Barcha g‘oliblar hamda korxonaning har bir sexqo‘miga korxona rahbari Sirojiddin Manazarov o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, STTB rahbariyati, Kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqining diplom va estalik sovg‘alarini topshirdi.

Obid Sarkayev,

STTB Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari.

Bo`lishmoq:
Text to speech