• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Esdalik nishonlari o’z egalariga topshirildi

07 Dekabr 2022, 9:6 810

Xabaringiz bor, mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga ko‘ra, «O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi esdalik nishoni ta'sis etilgan edi.

Mazkur Nishon bilan mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlat sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar mukofotlanishi mumkinligi belgilangan.

Kuni kecha sana munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 13 nafar mas'ul rahbarlari va xodimlari ushbu nishon bilan taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Toshkent viloyati hokimligi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi mas'ullari OKMKning yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi katta ekanligini ta'kidlashdi. Bu kabi mukofotlar kombinat mehnat jamoasiga bildirilgan yuksak ishonch ekanligini aytib o‘tishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech