• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eshmuradovlar oilasi "Eng yaxshi sportchi oila"

25 Iyul 2022, 8:36 1578

Kuni kecha "OKMK" sport majmuasida Mis boyitish fabrikasi ishchi xodimlari bo‘lgan yosh oilalar o‘rtasida "Eng yaxshi sportchi oila" nomli oilaviy estafeta o‘tkazildi.

Estafeta uzunlikka sakrash, arqon (skakalka)da sakrash, turnikda tortinish, uzoqlikka to‘p uloqtirish va estafeta yugurish shartlari asosida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa umumiy natijalariga ko‘ra 3- o‘rin Yanchish va flotasiyalash sexi sharafini himoya qilgan Akmal O‘lmasovlar oilasiga, 2- o‘rin 1-son Maydalash sexi sharafini himoya qilgan Adham Xudaybakovlar oilasiga nasib etdi.

1- o‘rin va "Eng yaxshi sportchi oila" maqomi esa Chiqitlar to‘plash sexi sharafini himoya qilgan Laziz Eshmuradovlar oilasiga nasib etdi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirok etgan oilalar kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Akrom Mamayusupov,

MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasining sport va sog‘lomlashtirish bo‘yicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech