"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mustaqillik bayrami arafasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati va kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan a’nanaga ko‘ra xayrli ishlar davom ettirildi.
Istiqlol ayyomi munosabati bilan manzilli ro‘yxatlar asosida ehtiyojmand xonadonlarga kundalik eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari yetkazib berildi.
Saxovat tadbiri doirasida 28 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, 125 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj va ishlamaydigan pensioner, 3 nafar mehnat fronti faxriysi hamda 86 nafar baynalmilal jangchi va Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatildi.
Ko‘rsatilgan bunday e’tibordan mamnun bo‘lgan yurtdoshlarimiz xalq manfaatlarini hamisha ustun qo‘yayotgani uchun Prezidentimizga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ular yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lishini tilab, duo qildilar.
Gulida Abdullayeva,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo'yicha mutaxassisi