• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

10 May 2022, 13:53 2086

Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining mas'uliyatli va murakkab mehnatini moddiy rag‘batlantirish, taqdirlash o‘z hayotini olijanob ishga — insonning sog‘lig‘i va hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan tibbiyot xodimlari faoliyatining obro‘-e'tibori va ijtimoiy ahamiyatini oshirib, hukumatimiz tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda. Uzoq yillar mobaynida yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilib kelayotgan, tibbiyot yo‘lidagi fidokorona mehnatlari bilan hurmat qozongan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Tibbiy xizmat boshlig‘i Abdujabbor To‘xtaboyev “Sog‘liqni saqlash a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Shu munosabat bilan bugun sanatoriy profilaktoriyda A.To‘xtaboyevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK rahbariyati, Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov, tibbiy xizmat vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda Abdujabbor To‘xtaboyevning xizmatlari alohida e'tirof etilib, unga zarbof to‘n kiygizildi.

-Tibbiyot xodimlarining o‘rni hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, koronavirus infeksiyasiga tarqalgan pandemiya paytida sizlar haqiqiy qahramonlik ko‘rsatganingizni alohida ta'kidlash joiz, - deydi tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov. – Ularning sa'yi-harakatlari evaziga  kasallikni birgalikda yengdik.  Ishchi-xodimlarimizning salomatligini himoya qilish borasida amaliy ishlar qilindi. 3 dona reaniomobil' harid qilindi.  Kombinat tomonidan ishchi-xodimlar va shahrimiz aholisining salomatligini asrash borasida ishlarimiz bardavomlik kasb etadi. Yil oxiriga qadar shahrimizdagi 110 o‘rinli tug‘ruqxona binosi to‘liq ta'mirlanadi. Shuningdek, tibbiy-sanitar qismi binosi ham yangi qiyofaga keltiriladi.

Darhaqiqat, salomatligimiz posbonlari bo‘lgan shifokorlar, hamshiralarning o‘rni pandemiya paytida yaqqol sezildi.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasida, tibbiy sanitar qismida turli xil mas'ul lavozimlarda mehnat qilgan, bugun ko‘plab shogirdlarning ustozi Abdujabbor To‘xtaboyev kombinat rahbariyati tomonidan bildirilgan ishonch va e'tibor uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech