• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

17 Oktyabr 2022, 17:47 1146

Joriy yilning 16-oktabr kuni “За цветные металлы” gazetasi tashkil topganiga 65 yil to‘ldi. Ushbu sana munosabati bilan bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan gazeta tahririyati xodimlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda gazeta tahririyati jamoasi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, kombinatning rivojlanish tarixini, faoliyatini, investitsiyaviy loyihalarni keng ommaga yetkazishda muhim minbar bo‘layotganligi e'tirof etildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra, “За цветные металлы” gazetasi tahririyati xodimlari va mehnat faxriysi ikkinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, Faxriy Yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Tadbir davomida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovning gazeta tahririyati jamoasiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda OKMK boshqaruvi raisining xodimlari va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov ishtirok etdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech