• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

11 Yanvar 2023, 10:44 1380

OKMK Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va rahbariyati tomonidan Xo‘jalik bo‘linmasi ishchi-xodimi Ergashev Jo‘raboy Abdurayimovich hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi.

Jo‘raboy Abdurayimovich Mis boyitish fabrikasida 28 yil davomida Yanchish va flotasiyalash sexida chilangar ta'mirlovchi, mexanik lavozimlarida, keyin Ta'mir-mexanika uchastkasida chilangar-ta'mirlovchi sifatida faoliyat yuritib, fabrika asosiy qurilmalarini ta'mirlash ishlarida o‘z hissasini qo‘shdi va ko‘plab shogirdlar chiqardi. So‘ngi yillarda Xo‘jalik bo‘limida ortuvchi-ekspeditor sifatida fabrikani kerakli extiyot qismlari bilan ta'minladi.

Mis boyitish fabrikasi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi nomidan ko‘p yillik halol mehnati uchun Jo‘raboy Abdurayimovichga minnatdorchilik bildiramiz. Ularga uzoq umr, farzand roxati, eng muhim boylik bo‘lmish sog‘lik va salomatlik tilab, bundan keyingi umrini rohat-farog‘atda o‘tkazishini tilab qolamiz.

Ulug‘bek Alimov,

MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech