• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E'tirof

28 Avgust 2023, 12:59 1215

Xabaringiz bor, Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizning 32 yilligi munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir guruh ishchi-xodimlari ham mukofotlandi.

Bugun OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan mukofotlangan «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish loyihasi direktorining birinchi o‘rinbosari Staroverov Oleg Vladimirovichni, - “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan Rux zavodi tanlab eritish sexi gidrometallurg-apparatchisi Merganov Xakimjan Ergashevichni, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan Texnologik transport boshqarmasining «BelAZ» haydovchisi Maxmudov Sanjar Qodirovichni samimiy muborakbod etdi.

A. Xursanov ushbu mukofotlar kombinat mehnat jamoasiga bo‘lgan e'tiborni bildirishini, belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishda kuch va g‘ayrat bag‘ishlashini ta'kidladi.

Shuningdek, A. Xursanov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan «Enter Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasi bosh direktori Usmonov Ulugbek Alimjonovichni, “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan «Enter Engineering Pte. Ltd.» «Sanoat-energetika guruhi» MChJ ijrochi direktori Salyamov Anvar Shavkatovichni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan «Enter Engineering Pte. Ltd.» «Sanoat-energetika guruhi» MChJ og‘ir sanoat loyihalari direksiyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Yodgorov Alisher Abduraximovichlarni ham yuksak mukofot bilan muborakbod etib, 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishida ishtirok etayotgan kompaniya ishlariga rivoj tiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech