• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

E`tirof

01 May 2023, 8:23 1892

29-aprel kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va hozirda ОКМК jamoasining murabbiylar shtabi a’zosi Igor Shkvirin 60 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda OʻFA faxriylar kengashi vakillari, yaqin va uzoq oʻtmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etib, kun qahramonining uzoq va sermahsul faoliyatini yodga oldilar. OʻFA faxriylar kengashi raisi Toʻlagan Isoqov futbol jamoatchiligi nomidan Igor Shkvirinni tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi. Uning hayot yoʻli yosh futbolchilar uchun namuna boʻlishini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Milliy Olimpiya qo'mitasi faxriylar kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham 60 yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyisining futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlarini eslab oʻtdi.

Shuningdek, “OKMK”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Qizilqum” klubi vakillari hamda Igor Shkvirin bilan bir davrda faoliyat olib borgan bir qator afsonalar kun qahramonini muborakbod etishdi.

Tadbir davomida minnatdorchilik ramzi sifatida uzoq yillik mehnati uchun maxsus mukofotlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech