Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, kuni kecha Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Farmonga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi uchastka ustasi Abdirashidov Ahror Normatovich va texnologik transport boshqarmasi buldozer mashinisti Raxmanov Abdumavlon Abdukarimovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Shu munosabat bilan bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov Sanoat temir yo‘l transporti va Texnologik transport boshqarmalari mehnat jamoalari bilan uchrashdi.
A. Xursanov Ahror Abdirashidovning kombinat temiryo‘l sohasiga qo‘shgan hissasini e'tirof etib, uning hayot yo‘li yoshlarga ibrat bo‘lishini ta'kidladi. Bugungi kunda temiryo‘l sohasi vakillari kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda, ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishida kamarbasta bo‘lishayotganini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Ahror Normatovning shogirdlari, hamkasblari ham o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
Shuningdek, Abdulla Xursanov Abdumavlon Raxmanovni yuksak mukofot bilan taqdirlangani uchun muborakbod etib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Kombinatda amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyihalarning bajarilishida TTB mehnat jamoasi, shu jumladan, A.Raxmanovning munosib hissasi borligini ta'kidlab o‘tdi. Uchrashuvda Abdumavlon Raxmanovning hamkasblari, yoshlar ham o‘z tilaklarini bildirishdi.
Ahror Abdirashidov va Abdumavlon Raxmanovning mehnatlari e'tirof etilib, zarbof to‘n kiydirildi va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
OKMK Axborot xizmati