Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuasida 27-iyun - Matbuot va OAV xodimlari kuni hamda 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov OAV vakillari va yoshlarga o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda so‘z erkinligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan e'tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.
Olmaliq shahar hokimligi mas'ullari ham jurnalistlar va yoshlarni qutlashdi.
Shundan so‘ng, sana munosabati bilan OKMK Axborot xizmati, Olmaliq shahar OAV vakillari, markaziy televideniya va internet nashrlarning bir guruh xodimlariga Faxriy Yorliqlar, qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.
Shuningdek, bir guruh faol kombinat yoshlari ham Faxriy Yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
OKMK Axborot xizmati