• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Executive Education” ta'lim dasturida OKMK vakillari ishtirok etishdi

27 May 2022, 16:21 1811

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida joriy yilning 23 may kuni yangi “Executive Education” (Oliy boshqaruv ta'limi) fakultetining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Strategik rivojlanish agentligi hamda boshqa vazirlik va idoralari rahbarlari, davlat va xususiy kompaniyalari top menejerlari, O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar rahbarlari, milliy ommaviy axborot vositalari, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirning ochish nutqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning davlat organlari rahbar xodimlarini, davlat kompaniyalari va xususiy biznes top-menejerlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha bergan topshiriqlarini bajarish jarayonida jahonning yetakchi universitetlari tajribasidan kelib chiqib, JIDU “Executive Education” fakulteti tashkil etilganligini ta'kidladi.

Yangi fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishi – rahbar xodimlarni zamonaviy boshqaruv va biznes yuritish usullariga o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida eng yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

“Executive Education” o‘quv dasturlarini tashkil etishga AQSh, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapurning yetakchi universitetlaridan professor-mutaxassislar va ta'lim sohasidagi zamonaviy “know-how” jalb etilmoqda. Yaqin o‘rtada yangi fakultetda “Yetakchilik va strategiya, boshqaruv tamoyillari”; “Zamonaviy sanoat siyosati”; “Korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment” kabi dasturlar amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalishdagi pilot loyiha doirasida JIDUning ““Executive Education”  fakul'tetida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-27 may kunlari “Xorijiy investisiyalarni jalb etish, Xalqaro investisiya huquqi” mavzusida Glazgo universiteti professori Kristian Tams va Oksford universiteti professori Antonios Sanakopulos ishtirokida o‘quv dasturi tashkil etildi. Unda mamlakatimiz hududlaridan shahar va tumanlarning rahbarlari, O‘zbekistonning yirik davlat va xususiy kompaniyalarining top-menejerlari qatori OKMK rahbar va mutaxassislari ham qatnashishdi.

O‘quv jarayoni interaktiv seminar va suhbat shaklida, xalqaro amaliyotidan chiqib kelgan misollar - keyslar asosida O‘zbekiston sharoitini e'tiborga olgan holda olib boriladi. O‘zbekistondagi Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Kim Xi-sang Koreyaning chet el investorlarini jalb etish va ular bilan ish olib borish tajribasini alohida keyslar asosida taqdim etadi.

O‘quv yakunida ishtirokchilarga Buyuk Britaniya professorlari tasdiqlagan rasmiy sertifikatlar berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech