• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ezgu amallar bardavom

02 Dekabr 2022, 8:18 934

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, ushbu ezgu amallar har bir bayram arafasida bo‘y ko‘rsatadi.

Ushbu an'anaga sodiq qolgan holda joriy yilning 28-noyabr kunidagi OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktab-inernatlarida hamda “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida bayram tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga ko‘ra, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur buyruqqa ko‘ra, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan shahrimizdagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internati hamda 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi o‘quvchilariga jami bo‘lib 359ta sovg‘alar ulashildi. OKMK rahbariyati tashabbusi bilan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatiga sport jihozlari, maishiy texnika vositalari ham tuhfa etildi.

Bugun 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida bayram tadbiri tashkil etilib, bolajonlarga o‘zida turli xil shirinliklarni jamlagan sovg‘alar ulashildi. Bayram tadbirida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov hamda Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimovlar ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan Piskent tumanidagi 79-sonli internatida hamda Ohangaron tumanidagi “Muruvvat” va “Saxovat” uylariga bayram tadbirlari tashkil etilib, ayyom dasturxoni yoziladi.

Sana munosabati bilan 272 nafar nogironligi bor, nafaqadagi kombinat ishchi-xodimlariga ham oziq-ovqat jamlanmalarining tarqatilishi ularning ko‘nglini ko‘tarishi shubhasiz.

OKMK tomonidan ezgu amallarni bajarish bardavomlik kasb etadi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech