• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ezguliklar bardavom

18 Aprel 2023, 9:20 1466

Mohi Ramazon ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma'naviy hayotida azal-azaldan alohida o‘rin egallab keladi.

Ushbu muqaddas kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, shu kunlarda xalqimizga xos bo‘lgan saxovatpeshalik, insoniylik, shukronalik fazilatlari yana bir bor yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Ezgu amallarni boshidan tutgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan ham ushbu muqaddas oyda bir qator xayrli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlash joiz.

Jumladan, OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan shahrimizda yashovchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj hamshaharlarimizga oziq-ovqat jamlanmalari ehson qilindi.

- Sizlar har doim e'tiborimizdasiz, barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazon Hayiti ayyomi muborak bo‘lsin. Bu kabi xayrli amallarimiz bardavomlik kasb etadi, - deydi OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov.

Bu kabi g‘amxo‘rlik va e'tibordan shod bo‘lgan hamshaharlarimiz saxovatpesha insonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech