"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK rahbariyati tomonidan nuroniylarning holidan xabar olish, ularga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yaxshi bir an'anaga aylangan. Istiqlol ayyomi arafasida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov shahrimizning “Chambil” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ashir ota Usarovning xonadonida bo‘lib, otaxonni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.
Otaxon suronli urush yillaridagi xotiralarini yodga olar ekan, qo‘lini duoga ochib, Yaratgandan yurtimiz tinchligini, xalqimiz farovonligini so‘rab, kundan-kun rivojlanib borayotgan mamlakatimizning mustaqilligi abadiy bo‘lishini tiladi. Bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga o‘z tashakkurini bildirdi.
OKMK rahbariyati tomonidan Ashir otaga qimmatbaho sovg‘a va oziq-ovqat jamlanmasi tuhfa etildi.
OKMK Axborot xizmati