Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ishchi–xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida sog‘ligi uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish, ularning salomatligini doimiy nazorat qilish, kasb kasaliklarining kelib chiqishini oldini olish muhim masala hisoblanadi. Chunki salomatlik pand bersa, ishchanlik qobiliyati va mehnat davomiyligi qisqaradi.
“Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor bo‘lgan OKMKda esa bu borada bir qator e'tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Mis boyitish fabrikasida Tibbiyot punkti qayta ta'mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Ushbu muassasaning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi fabrika ishchilari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.
Shu munosabat bilan bugun tadbir uyushtirildi. Unda so‘z olganlar, inson salomatligi eng ulug‘ ne'mat ekanligi va uni asrab-avaylash har doim birinchi navbatda turishi kerakligini ta'kidlashdi.
Tibbiyot punktining ta'mirlash ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan bajarildi. Tadbir avvalida kombinat bunyodkorlarining mehnati alohida e'tirof etilib, bir guruh quruvchilar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Tibbiyot punktida har bir xona yangi jihozlar, ko‘rgazmali materiallar va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlangan.
Ma'lumot o‘rnida, MEZ va MBF ishga tushirilgan vaqtda har ikkala bo‘linma uchun tibbiyot markazi 1 ta bo‘lgan. 2010-yilga kelib, fabrika uchun alohida, zavod uchun ham alohida punkt tashkil etildi va xonalar soni ko‘paytirildi.
Bugungi kunda, bu yerda 1 nafar shifokor, 4 nafar navbatchi, 1 nafardan massaj va fizoterapiya bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Ular 3200 ga yaqin fabrika ishchilariga 24 soat davomida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishadi.
So‘nggi yillarda fabrikada bir qator islohotlar olib borilmoqda, yangi uskunalarning keltirilishi, oshxona, yuvinish, kiyinish hamda ish taqsimlash xonalarining ta'mirdan chiqarilishi, ishchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilayotganidan darak beradi. Muxtasar qilib aytganda, korxonada ijtimoiy sohaga e'tibor qaratish, eng ustuvor yo‘nalishardan biri bo‘lib qolaveradi.
Axborot xizmati