Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada kompleks amaliy tekshiruv ishlari o‘tkazildi

10 Dekabr 2025, 13:1 219

Ma’lumki, joriy yilning 1-dekabr sanasidan Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" start oldi.

Oylik doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Mis boyitish fabrikasida oylik doirasida kompleks amaliy tekshiruv ishlari tashkil etildi.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayoni davomida fabrika sexlari, ta’minlash xonalari, yong‘in o‘chiruv uskunalari saqlanadigan joylar, evakuatsiya yo‘laklari va signalizatsiya tizimlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida xavfsizlik qoidalarining qay darajada bajarilayotgani o‘rganilib, ayrim sexlarda uchragan kamchiliklar joyidayoq bartaraf etildi. Xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi, uskunalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

- Mazkur tekshiruvning asosiy maqsadi intizomiy jazo qo‘llash emas. Asosiy e’tibor — ishchi-xodimlarga tushuntirish berish, ularning xabardorligini oshirish, xavfsiz ish sharoitini ta’minlash va mavjud kamchiliklarni birgalikda bartaraf etishga qaratilgan. Xavfsizlik madaniyatini kuchaytirish, o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda har bir xodimda yong‘in xavfsizligiga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishni ustuvor vazifadir,-  deydi MBF yong‘in xavfsizligi muhandisi Bekmirza Janibekov.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech