Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada Markazdan qochma konsentrator avtomatlashtirildi

28 Aprel 2025, 9:45 1182

Korxonadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yangi texnologiyalar asosida qayta jihozlash energiya samaradorligini oshirib, ishchi kuchi mehnatini yengillashtiradi. Shu bilan birga mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasiga yetkazishga ham xizmat qiladi. Bu borada OKMKning asosiy korxonalaridan biri hisoblangan Mis boyitish fabrikasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, modernizatsiya va raqamlashtirish loyihalari doirasida fabrikaga keltirilgan Daniyaning FLSmidth kompaniyasida ishlab chiqarilgan Knelson xd20 markazdan qochma konsentrator fabrika dasturchilari tomonidan avtomatlashtirildi.

- 2024-yilning soʻnggi сhoragida texnologik jarayonlarni avmatlashtirish boshqaruv tizimi xizmatining mehnat jamoasiga avtomatikasisiz olib kelingan Markazdan qochma kontsentratorini oʻzimizdagi mavjud NOʻAvaA bilan avtomatlashtirib Yanchish va flotatsiyalash sexining 1A-1B tegirmon bloklarida ishga tushirish vazifasi yuklatildi. Ushbu vazifaning qiziqarli tomoni shundan iborat ediki, uskunaning oʻzidan boshqa va uni qanday avtomatlashtirish buyicha hech qanday hujjatlari mavjud emasdi. Bu esa oʻz navbatida yuklatilgan vazifaning murakkabligini oshirar edi.

Yuklatilgan vazifaning murakkabligiga qaramasdan uskunani avtomatlashtirish boʻyicha ishlar bir qancha izlanishlarda soʻng boshlab yuborildi. Xizmatimiz xodimlari bilan birgalikda uskunani avtomatlashtirish uchun kerak boʻladigan barcha NOʻA va A fabrikamizning zahirasidan olindi hamda Siemens mantiqiy dasturlashtiriladigan kontrollerlari asosida uskuna yani kontsentrator texnik jihatdan shay holatga keltirildi. Endi esa bizda yana bir vazifa hech qanday hujjatlarsiz uskunaning toʻgʻri hamda barqaror ishlashini taminlovchi algoritmini ishlab chiqish vazifasi qolardi. Va biz bu vazifani dasturchilarimiz bilan birgalikda ishlash algoritmini ishlab chiqib, uni foydalanishga topshirdik. Hozirgi kunda 1A-1B tegirmon bloklariga oʻrnatilgan markazdan qochma kontsentratorlar toʻgri hamda barqaror ishlab fabrikamizning ishlab chiqarishiga oʻzining hissasini qoʻshib kelmodqa. Bundan tashqari, hozirgi kunda Ya va F sexining yana bir tegirmon blokiga 3 ta avtomatlashtirilgan markazdan qochma kontsentratorini oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, - deydi MBF TJABT xizmati Axborot hisoblash markazi dasturlash sektori boshligʻi Oʻktam Umaraliyev.

Bugungi kunda fabrikada boyitishning flotatsiya usuli orqali qimmatbaho metall olingan boʻlsa knelson xd20 uskunasida bu jarayon gravitatsiya hisobiga amalga oshiriladi. Qattiq moddalarni maksimal uzatish quvvati soatiga 80 tonna boʻlgan mazkur qurilma oʻzining mustahkamligi hamda texnik xizmat koʻrsatishning qulayligi bilan ajralib turadi. Endilikda butunlay avtomatlashtirilgan uskunaning ishlash jarayonlari oʻtimallashtirilib, elektr eneriyasi, suv resurs hamda ortiqcha vaqt sarfining oldi olindi.

Shu bilan birga, fabrikaning malakali dasturchilari tomonidan ishlab chiqarish nazarot sektorining “1-pogʻona ishlab chiqarish nazorati” elektronlashtirildi. Bu esa jarayonlarni qogʻozga qayt etib borilishini ma’lum bir miqdorda qisqartirib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etilishiga olib kelmoqda. Mis boyitish fabrikasida bajarilayotgan ishlar hisobotini qisman raqamlashtirilgan texnik iqtisodiy koʻrsatkichlar dasturiy taʼminotini modernizatsiya qilish orqali bir nechta qogʻoz jurnallar ham elektron koʻrinishga oʻtkazilib, sinov rejimida ishga tushirildi. Xususan, Reagentlar hisobi kirim va chiqim jurnallari, Yanchish uchun moʻljallangan sharlarning hamda molibden reagenti boʻyicha kirim-chiqim jurnallari shular jumlasidan.

Ayni kunlarda Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari xizmati tomonidan togʻ-kon transport majmuasi uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Mis boyitish fabrikasi ehtiyojlariga moslashtirish hamda ishchi-xodimlarni mazkur dastur haqidagi tushunchlarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv ishlari olib borilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech