"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan fabrika ayollari o‘rtasida "Miss fabrika-2024" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda barcha sexlardan 1 nafardan ayollar tanishtiruv, pazandalik mahorati, ijodiy chiqish va sport shartlari orqali o‘zaro bellashishdi.
Tanlovda 3-o‘rinni Energetika sexi xodimasi Maftuna Sattarova egalladi.
2-o‘rin esa Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi qurituvchisi Xusnora Mustafakulovaga nasib etdi.
Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibligini Xo‘jalik uchastkasi xodimasi Nodiraxon Abduvaitova qo‘lga kiritib, "Miss fabrika" deya e'tirof etildi.
Tanlovda ishtirok etgan qolgan barcha ayollar o‘z iqtidorlariga mos ravishda turli nominatsiyalarni qo‘lga kiritishib, kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mardona Azimova,
MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Gender tenglikni ta'minlash bo‘yicha komissiyasi raisi