• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada yangi tegirmon o‘rnatilmoqda

18 Yanvar 2023, 13:45 1932

Zamonaviy texnologik uskunalar yuqori ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashi bor gap. Aynan zamonaviy texnologik uskunalar sabab mehnat unumdorligi ham oshib boraveradi. Kombinatda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari sabab, bugun yuksak marralar zabt etilmoqda. Ayni kunlarda Mis boyitish fabrikasida o‘rnatilayotgan maydalash tegirmoni ham yuqori unumdorlikni ta'minlaydi.

Fabrika texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i v.b. Shahzod Yuldoshevning ma'lum qilishicha, fabrikaning Yanchish va flotatsiyalash sexining maydalash va yanchish uchastkasidagi 9,5x5,4 m o‘lchamdagi yarim o‘z-o‘zini yanchuvchi tegirmonning, ma'nan va jismonan eskirganligi sababli 2021-2022 yillar mobaynida navbatdan tashqari to‘xtashlar ko‘p kuzatildi. Natijada mis-molibden ma'danlarini qayta ishlash bo‘yicha o‘rnatilgan rejaviy ko‘rsatkichlarni bajarishda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda kombinat texnik Kengashi qaroriga ko‘ra, eski tegirmon Rossiyaning Ural mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan huddi shu o‘lchamdagi yangi zamonaviy tegirmonga almashtirilishi belgilandi.

Tegirmonni almashtirish ishlari 2022-yilning 20-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, 62 kun davomida o‘rnatilib, ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu texnologik uskunaning afzallik jihatlari shundaki, rudaning fizik xossalariga va flotatsiya bo‘limining qabul qilish quvvatiga qarab, soatiga 840-1100 tonna rudani maydalash quvvatiga ega. Qiyoslaydigan bo‘lsak fabrikadagi mavjud 3,6x5,0 m o‘lchamdagi tegirmonlardan 5 barobar yuqori quvvatga ega tegirmon hisoblanadi. Ayni paytda tegirmonni yig‘ish ishlariga fabrika ishchi-xodimlari, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlar boshqarmasi mehnat jamoasi hamda Ural mashinasozlik zavodi mutaxassislari jalb etilgan. Tegirmonning barcha ehtiyot qismlari olib kelingan. Hozirda eski tegirmon butunlay joyidan yechilib, yangi tegirmonning barabani, qabul qiluvchi va chiqaruvchi qopqoqlari o‘rnatilmoqda. Tegirmon ehtiyot qismlarini yig‘ish ishlariga Qozog‘istondan 500 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtokran ham safarbar etilgan.

Shuningdek, tegirmondan chiqadigan mahsulotlarni sinflarga ajratib beruvchi g‘alvir ham yangilanayapti. Avstriyada ishlab chiqarilgan US 2 2400 mm.ga 6500 mm bo‘lgan yuqori chastotali g‘alvir ham o‘rnatilayapti.

Texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari uzluksiz tashkil etilgan bo‘lib, ishchi-xodimlarga qulay sharoit yaratish maqsadida sex binosining ichiga issiq havo haydovchi kalorifer jihozlari qo‘yilgan.

Kombinatda olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bardavomlik kasb etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech