• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada yangi texnologik uskunalar o‘rnatilayapti

27 Yanvar 2023, 10:42 794

Mis boyitish fabrikasi Olmaliq kon-metallugiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Mazkur fabrikada amalga oshirilayotgan modernizasiya ishlari yuqori mehnat samaradorligini ta'minlashi shubhasiz.

Ma'danlarni qayta ishlash jarayonini agar uchta tayyorlov, asosiy va yordamchi qismlarga bo‘lsak, mazkur jarayonda asosiy jarayon xisoblanuvchi boyitish ya'ni flotasiya jarayonining o‘rni beqiyosdir. Shu sababli ham  mis boyitish fabrikasida so‘ngi yillarda flotasiya jarayonlarini takomillashtirishga alohida urg‘u berib kelinmoqda.

Ayni kunlarida rekonstruksiya ishlari yakunlanib ishga tushirilish arafasida turgan yangi 7- va 5- monoseksiyalar va yanchish bo‘limida o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan avtomatlashtirilgan nasos-gidrosiklon qurilmalari ham korxonada yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Fabrikaning ishlab chiqarish quvvati 37 500 000 tonnadan 38 500 000 tonnaga oshirilishi munosabati bilan 2022-yildagi o‘rtacha 21-22 daqiqani tashkil qilgan flotasiya vaqti qisqarib ketishining oldini olinadi. 2023-yil uchun belgilangan rejaviy ko‘rsatkichlarni  og‘ishlarsiz ham sifatli bajarish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida ko‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ortishiga ham xizmat qiladi.

Yanchish va flotasiyalash bo‘limida rekonstruksiya bo‘yicha ishlar yakuniy pallaga kirgan bir vaqtning o‘zida, mis konsentratini suvsizlantirish jarayonlarida ishtirok etuvchi  yangi  yuqori tezlikdagi SM-30 rusumidagi markaziy uzatmali, alohida reagent tayyorlash va yetkazib berish stansiyasiga ega ikkita 15- va 16-sonli yangi quyultirgichlar ham ishga tushirilishi arafasida. Shuningdek, ayni paytda xuddi shunday yangi 13- va 14-sonli quyultirgichlarni o‘rnatish uchun yer tayyorlov ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur quyultirgichlarning o‘rnatilishi amalda ishlatilayotgan uskunalar sonini qisqartiradi. Quyultirish jarayoni uchun konsentrat zichligi bo‘yicha belgilangan rejaviy ko‘rsatkichni bir me'yorda bajarish imkonini beradi. Keyingi o‘rinda turuvchi fil'trlash jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.

Fabrikada olib borilayotgan moderiznasiya jarayonlari “Olmaliq KMK” AJning mineral-xom ashyolardan  samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish, ruda qazib chiqarish, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda talabgir bo‘lgan boshqa raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish kabi istiqbolli strategiyaga hamohangdir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech