"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Mis boyitish fabrikasidan quvonchli xabar olindi.
Fabrika mehnat jamoasi tomonidan 2024-yil uchun belgilangan molibden yarim tayyor mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yillik prognoz muddatidan avval bajarishga erishildi.
Maʻlumot uchun 1-MBF va 2-MBF mehnat jamoasi uchun 2024-yilda umumiy hisobda 808,9 tonna molibden yarim tayyor mahsulotil ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan.
Joriy yilning 25-oktabr kuni ikkala korxona mehnat jamoasi belgilangan vazifani 100%ga bajarib, 10-oylik natijalarga ko’ra, ushbu ko’rsatkich rejaga nisbatan 102,9 %ni tashkil qildi.
Ushbu rejaviy ko‘rsatkichning oldindan bajarilishiga Mis-molibden konsentratini saralash va quritish sexining molibdenni seleksiyalash bo’limida Prezidentimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi 3954-sonli “Olmaliq KMK AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish barqarorlashtirish va rekostruksiya qilish” to’g’risidagi qarori doirasida 2023-yilda Kapital qurilish boshqarmasi, loyiha ishlari boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi, “Olmaliq metallurg qurilish” tresti kabi tarkibiy bo’linmalari ishtirokida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari va ikkala korxona mehnat jamoasining samarali harakatlari evaziga erishildi.
Ma'lumot oʻrnida molibden Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida chuqur qayta ishlangan holda undan turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Axborot xizmati