• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Faqat birgalikda korrupsiyani to‘xtata olamiz”

12 Oktyabr 2022, 9:9 872

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinayapti.

Poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir. Ma'lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Demak, biz korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, barcha birdek harakat qilishi zarur. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu hatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘lishini anglagan holda harakat qilish lozim bo‘ladi.

“Faqat birgalikda korrupsiyani to‘xtata olamiz” mavzusida Texnik tizimlar xavfsizligi xizmati mehnat jamoasida tashkil etilgan davra suhbatida yuqoridagi fikr-mulohazalar bildirildi.

Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari, OKMK Kompleans-nazorat xizmati boshlig‘i v.b. Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etishdi.

Almira Volkova,

Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech