Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi

03 Aprel 2025, 9:47 998

Angren Kon Boshqarmasi obyektlarida "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasidagi tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Xususan, Angren KB rahbarining 2025-yil 17-mart kunidagi "Fuqaro muhofazasi oyligini o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishi ijrosi bo'yicha rejaga asosan, korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi Avtomobil transporti boshqarmasining 2-avtokorxonasi rahbar va ishchi-xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda bo'linma yong'in qutqaruv mahsus avtomobili va asbob-anjomlari ko'rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirda korxonaning Fuqaro muhofazasi bo'yicha bo'lim boshlig'i hamda Angren KB obyektlarida yong‘in xavfsiligini ta‘minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish ko‘rsatib berildi.

T.Madaminov,

Angren Kon Boshqarmasi OYoXTTB inspektori

Bo`lishmoq:
Text to speech