• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Faxriylar va talabalar uchrashuvi

21 Aprel 2022, 12:7 876

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tashkil etilgan edi. 

Faxriylar kengashi a'zolari sohaning yetuk mutaxassislari, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan, konchilik sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan insonlar bo‘lib, ularning boy amaliy mahorati yoshlarga juda katta maktab vazifasini o‘tashi shubhasiz.

2022 yil 21 aprel kuni Kengash tashabbusi bilan faxriylar va talabalar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda ham nuroniylar boy ish tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda MTUU MISiS Olmaliq filiali talabalari hamda faxriylar o‘rtasidagi uchrashuv o‘zaro samimiy do‘stona ruhda o‘tkazildi. Uchrashuvda  soha pensionerlari va faxriylari o‘zlarining  boy kasbiy tajriba va ko‘nikmalaridan unumli foydalangan holda yoshlarga mahorat darslarini o‘tishdi,  hayotiy maslahatlarini berishdi.

Shuningdek, talabalarga “O‘zmetkombinat” AJ hamda “Navoiy KMK” AJ kabi korxonalarning faoliyati haqida ham videoroliklar orqali talabalarga batafsil ma'lumot berildi.

Faxriylar tomonidan mazkur korxonalarga talabalar uchun sanoat ekskursiyalarini tashkil etish taklifi bildirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech