Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda Finlyandiya Respublikasi Hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
21-fevral kuni Finlyandiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
Finlyandiya Respublikasining Hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri VILLE SKINNARI boshchiligidagi delegatsiyasi tarkibida mazkur mamlakatning eng yirik transmilliy kompaniyalari vakillari mavjud bo‘lib, ularning maqsadi fin tadbirkorlarining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘zaro tajriba almashishi, mutaxassislar tayyorlashda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kon-metallurgiya sohasini rivojlantirish uchun yanada yangi ilg‘or texnologiyalarni olib kirishdan iborat bo‘ldi.rasm
Mehmonlar dastlab kombinatning Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida Finlyandiya delegatsiyasi va OKMK rahbariyati o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Ma'lumot uchun: kombinat bilan bir necha yillardan buyon Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi bilan hamkorlik qilib keladi. Ushbu kompaniya konchilik, va metallurgiya sohasi uchun eng zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Metso Outotec Kombinat bilan 3-Mis boyitish fabrikasiga texnologik uskunalar yetkazib berish bo‘yicha 100 mln yevrolik shartnoma imzolagan. Shuningdek, yangi barpo etiladigan Metallurgiya kompleksi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mazkur kompaniya bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Bundan tashqari, 3-Mis boyitish fabrikasi hamda Rux zavodi hududidagi 6-sonli sulfat kislotasi sexi va Metallurgiya kompleksining qurilishini jadallashtirish bo‘yicha kombinatda Metso Outotec kompaniyasining muvofiqlashtiruvchi guruhi ham tashkil etilishi belgilangan.
OKMK Axborot xizmati