"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga berilgan uzoq muddatli xalqaro reyting “BB-” darajasidan “BB” darajasiga ko‘tarildi. Reyting “Barqaror” prognozi bilan tasdiqlandi.
Mazkur qaror Fitch tomonidan O‘zbekiston suveren reytingining oshirilganidan so‘ng qabul qilindi. Kombinat davlat ishtirokidagi tashkilotlar (GRE) mezonlari asosida baholandi va uning iqtisodiy ahamiyati, davlat bilan bog‘liqlik darajasi hamda moliyaviy intizomi yuqori baholandi.
Maʻlumot uchun OKMK mamlakatda mis ishlab chiqarishni to‘liq ta’minlab beradi, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi va yirik “Yoshlik” loyihasini amalga oshirmoqda.
Ushbu reyting kombinatga xalqaro moliya bozorlarida ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Olmaliq kon-mеtallurgiya kombinati" AJ audit moliyaviy hisobot va ma’lumotlarni o‘z vaqtida oshkor etish sababli "moliyaviy shaffoflik" ko‘rsatkichi bo‘yicha ekologik, ijtimoiy va boshqaruv omillari (ESG) rеlеvantligi skoring ballida "4" ni olgan. Bu holat kompaniyaning krеditga layoqatlilik profiliga ta’sir ko‘rsatadi va boshqa omillar bilan birgalikda rеytingni bеlgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot xizmati