• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

FLSmidth kompaniyasi vakillari OKMKga tashrif buyurishdi

13 Avgust 2024, 13:0 1191

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 9-avgust kuni Daniyaning FLSmidth kompaniyasi vakillari OKMKga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida mehmonlar dastlab, “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lishib, kombinat muzeyini ko‘zdan kechirishdi.

Shundan so‘ng mehmonlarning navbatdagi manzili “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlari bo‘ldi. Hamkorlar ushbu konlardagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlar “Yoshlik-1” konining maydalash-yanchish va qayta yuklash uzelida olib borilayotgan qurilish ishlarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Yiliga 60 mln tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish jarayoni ham mehmonlar e'tiboridan chetda qolmadi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida 3-Mis boyitish fabrikasi loyihasini amalga oshirish, 4-Mis boyitish fabrikasiga FLS zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uskunalarining yetkazib berish imkoniyatlari kabi masalalar muhokama etildi.

Ma'lumot uchun: FLSmidth tog‘-kon, qayta ishlash va sement sanoati uchun texnologiyalarni rivojlantirish va uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan transmilliy kompaniya sanaladi. Dunyoning 125 mamlakatidagi 15 kompaniyani birlashtiradi. Kompaniya tomonidan “Yoshlik-1” konining maydalash-yanchish va qayta yuklash uzelidan 3-Mis boyitish fabrikasiga ma'danni yetkazib beradigan 4,2 km uzunlikdagi magistral konveyerlarga ehtiyot qismlar yetkazib berilgan. Shuningdek, 3-Mis boyitish fabrikasining Mayda maydalash korpusiga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta HPGR PM9-24/19M yuqori bosimli valokli maydalagichlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda ularning 3 tasi to‘liq o‘rnatilgan, qolgan 3 tasida montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maydalagichlar 60 mm yiriklikdagi ma'danni 6 mm gacha maydalab beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech