• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

G‘alla ekish ishlari boshlandi

27 Sentyabr 2022, 15:15 1621

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari va yem-hashak tayyorlash uchastkasi mehnat jamoasi tomonidan dala maydonlariga bug‘doy urug‘ini qadash ishlari boshlab yuborildi.

Yerga urug‘ qadash oldidan jonliq so‘yilib, ishchi-xodimlarga dasturxon yozildi. OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov ishtirok etgan tadbirda Qur'on tilovat qilinib, nuroniy otaxonlar qo‘lini duoga ochib, Yaratgandan ekilayotgan bug‘doy hosilining barakasini, yurt tinchligini so‘rashdi.

Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Hayitovning ma'lum qilishicha, Ohangaron tumanida joylashgan 300 gektar yer maydoni haydalib, mola bosilgan. Bug‘doy urug‘ini ekishga tayyor holatga keltirilgan. Kombinat g‘allakorlar tomonidan bu yil bug‘doyning “Vassa”, “Antonina”, “Alekseyevich” kabi navlari ekilmoqda. Bundan tashqari, Piskent tumanida joylashgan 300 gektar yer maydoniga ham rizqi ro‘zimiz bo‘lgan g‘alla urug‘lari qadaladi.

Ekish ishlari joriy yilning 10 oktyabriga qadar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2022 yil o‘rim mavsumida kombinat g‘allakorlari 1161,79 tonna hosil ko‘tarishgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech