Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni kunlarda Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yem-hashak tayyorlash uchastkasi ishchi-xodimlari tomonidan gʻalla hosilini yigʻish ishlari boshlab yuborildi.
Uchastka agronomi Shokir Ergashevning ma’lumotiga koʻra, bu yil kombinat mirishkorlari tomonidan 232 gektar yer maydoniga bugʻdoyning «Alekseevich» navi ekilgan.
Uchastkaning 6ta brigadasida oʻrim ishlari 7 kun davom etishi koʻzda tutilgan.
Mavsum boshlanishidan avval jonliq soʻyilib, nuroniy otaxonlarning duosi olindi.
Korxonaning nafaqadagi ishchilari va dalada mehnat qilayotgan zaxmatkash ishchi-xodimlar uchun dasturxon yozilib, osh damlandi.
Oʻrim ishlari zamonaviy «Case» rusumli yuqori unumdorlikka ega boʻlgan kombaynda amalga oshirilayapti.
Bugundan oʻrib, yigʻib olinayotgan gʻalla hosili omborlarga texnika vositalari yordamida yetkazilmoqda.
Hosilning choʻgʻi baland.
Axborot xizmati