• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyasi faoliyati tahlili

18 Sentyabr 2023, 13:53 590

OKMK tarkibiy bo‘linmalaridagi kasaba uyushmasi qo‘mitalari qoshida gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyalar faoliyat yuritib keladi.

Ushbu komissiya raislari ishtirokida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish ishlari davomida kombinatda gender siyosati asosida xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy manfaatlari qay tarzda himoya qilinayotganligiga e'tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishda me'yoriy hujjatlar bilan qay darajada ishlanayotganligi tekshirilmoqda.

Shuningdek, korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga aynan rahbarlar tomonidan taziyqlar bo‘lmayaptimi, ularning haq-huquqlari qay tarzda himoya qilinganligi bo‘yicha tasdiqlangan javdal asosida har bir korxonada o‘rganish ishlari olib boriladi.

Bu kabi o‘rganishlar Kovuldi konida tashkil etildi. O‘rganish ishlariga har bir korxonada tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi a'zolari ham jalb etilgan.

O‘rganish ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini samarali tashkil etishdan iborat.

Viloyat Davletova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassisi,

psixolog va gender tengligini ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech