Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishini ta'minlash, korxonada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng mehnat sharoitlarini yaratish shuningdek, gender tenglikni ta'minlash mexanizimlarini yanada takomillashtirish maqsadida kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi qoshida faoliyat yuritib kelayotgan "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya"sining nomi "Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya"ga o‘zgartirildi.
Mazkur o‘zgarish O‘zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 25-yanvardagi 8-53"C"-sonli "O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2022-yil 15-dekabrdagi O‘RQ 809-Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida amalga oshirildi.
Joriy yilning 3-may kuni ushbu komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda komissiya oldida turgan galdagi vazifalar, komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish, gender tenglikni ta'minlashda 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar faoliyatini jadallashtirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, mazkur komissiya qoshidagi kombinatning 30 yoshgacha bo‘lgan ayol xodimlaridan iborat "Qizlarjon" klubining faoliyati tahlil qilindi. Klubning asosiy vazifalari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 7977 nafar xotin-qizlar mehnat qilib, ularning 1500 nafardan ziyodi turli sohalarda mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Kombinatda gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga ko‘mak berish doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Axborot xizmati