"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, aprel oyining birinchi yakshanbasi geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu sana munosabati bilan OKMK geologiya sohasi xodimlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan OKMK bosh muhandisining konchilik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzeir Orudjov so‘z olib, soha vakillarining bugungi kunda kombinat rivojiga qo‘shayotgan hissasi salmoqli ekanligini, ular sanoatning yo‘lboshchilari ekanligini, geologlarsiz kon-metallurgiya sanoatini tasavvur qilish qiyinligini ta'kidlab, barchani bayram bilan muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, 6 nafar soha vakillari Faxriy Yorliqlar bilan, 5 nafari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, sana munosabati bilan "Eng yaxshi geologiya xizmati xodimlari-2024" kasb-mahorati tanlovi ham tashkil etildi.
Axborot xizmati