"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Maʻlumki Toshkent shahrida joriy yilning 14–16-sentabr kunlari GEOMIN-2026 xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur konferensiya tog‘-kon sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan 25 ta davlatdan 300 dan ortiq mutaxassis, shuningdek, 90 dan ziyod kompaniya va tashkilot vakillarini bir maydonga jamladi. Uch kun davomida ishtirokchilar geologik qidiruv va barqaror konchilikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr va tajriba almashdilar. Anjumanning asosiy e’tibori mineral resurslarni qidirish jarayonlariga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratildi.
17-sentabr kuni GEOMIN-2026 xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurishdi.
Dastavval, mehmonlar Resurslar va tog‘-kon ishlari departamentida bo‘lishib, kombinatning mineral-xomashyo bazasi, konlarni o‘zlashtirish istiqbollari hamda geologik yo‘nalishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shundan so’ng Markaziy Osiyodagi eng yirik ochiq konlardan biri “Qalmoqqir” koni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lgan xorijiy mutaxassislarda kon-qazish jarayonlari va zamonaviy texnologik yechimlar ulkan taassurotlar qoldirdi.
Navbatdagi manzil — “Kovuldi” kon boshqarmasi bo‘ldi. Bu yerda mehmonlarga qazib olingan maʻdan namunalari namoyish etilib, konning geologik tuzilishi, oltin tarkibli kvars rudani qayta ishlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
- Go‘zal O‘zbekistonning qoq markazida turib, dunyodagi yirik sanoat korxonalaridan birining faoliyatini bevosita kuzatish menda ulkan taassurot qoldirdi. Biz konni ko‘zdan kechirish va burg‘ilashdan olingan namunalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Ular hududning ulkan mineral salohiyatini yaqqol namoyon etadi. Xalqaro geofiziklar jamiyati vakili sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yirik konchilik loyihalari bilan yaqindan tanishganimdan mamnunman. Bu tashrif mamlakatning mineral resurslarni o‘zlashtirish borasidagi katta imkoniyatlarini ko‘rsatdi, - deydi Xalqaro geofiziklar jamiyati prezidenti Rocco Detomo.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining OKMKga tashrifi yirik konchilik obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, geologiya va tog‘-kon sanoatidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy texnologik yechimlar yuzasidan fikr almashish uchun muhim imkon yaratdi.
Axborot xizmati