• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Global hamkorlik va barqaror investisiyalar: OKMK kelajagi

21 Dekabr 2024, 16:45 148

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2017-yildan buyon "Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish" yirik investitsiya loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha mavjud ruda qazib olish va qayta ishlash hajmini 2,5 baravarga oshirish imkonini beradi.

Hozirgi kunga kelib, loyiha uchun zarur mablag‘ning 80 foizdan ortig‘i korxonaning o‘z mablag‘lari, kreditlar va qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, ayni paytda OKMK hamkorlari orasida G‘arb sanksiyalariga tushgan bank va moliya institutlari mavjud emas.

OKMK o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida faoliyatida jahonda kechayotgan jarayonlarni sinchkovlik bilan kuzatib boradi, yetakchi xalqaro yuridik firmalar bilan maslahatlashadi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish maqsadida investorlar bilan faol hamkorlik qiladi.

Xususan, Germaniyaning HELABA bankining EKA EULER HERMES qoplamasi ostida mavjud rux zavodiga yangi sulfat kislota sexini qurish uchun (METSO:OUTOTEC uskunalarini yetkazib beruvchi) kredit mablag‘lari jalb qilingan. Ispaniyaning Santander banki esa nasos-gidrosiklon qurilmasini almashtirgan holda mavjud 1-misni boyitish fabrikasini modernizatsiya qilish uchun (Weir uskunalarini yetkazib beruvchi) EKA UKEF qoplamasi ostida, shuningdek, Germaniyaning KfW banki bilan yangi mis eritish zavodini qurish bo‘yicha kredit mablag‘lari jalb etilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, OKMK qulay investitsiya muhiti sharoitida yangi investitsiyalarni jalb qilish ustida faol ishlashda davom etmoqda va foydali mega-loyihalarni amalga oshirish imkoniyati uni yanada jozibador va barqaror qiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech