• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

G‘oya mualliflari rag‘batlantirildi

07 Oktyabr 2022, 16:55 829

Xabaringiz bor, 2021-yil 22-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq shahri va kombinatga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda mis klasterini tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki global yashil iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli 2030-yilga kelib, jahonda misga bo‘lgan talab 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida OKMK ishlab chiqargan misni yanada qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishni ta'minlash zaruratini uyg‘otadi. 

Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovasiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish ham belgilangan edi. Ushbu vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida  “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan Mis sanoati klasterini rivojlantirish doirasida “Mis mahsulotini chuqur qayta ishlagan holda yuqori qiymatga ega tayyor maxsulot olish bo‘yicha loyiha” mavzusida tanlov  tashkil etildi.

Tanlov ochiq tarzda o‘tkazildi va unda respublikamizning turli hududlaridan ilmga chanqoq o‘z ishining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tanlovga kelib tushgan loyihalar ekspertlar tomonidan chuqur o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori baho olgan loyiha mualliflari tanlov komissiya a'zolariga batafsil taqdimot o‘tkazdilar.

Tanlovda faol ishtirok etgan loyiha mualliflarini rag‘batlantirish, ularda ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisi A.Xursanov tomonidan imzolangan tegishli buyruqqa asosan ishtirokchilar noutbuk hamda kombinatning Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Murodjon Karimov,

OKMK Mis sanoati klasterini rivojlantirish xizmati yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech