Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, 2022-yil 25-dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 milliard von (12 million AQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.
Kuni kecha ushbu grant bo‘yicha ijrochi etib Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) tanlab olindi.
Ushbu grant mablag‘lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining O‘zbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.
Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. Bu yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizasiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun: Koreyaning KITECH instituti 1989-yilda sanoat tarmog‘i, xususan, kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, tadqiqotlarning uch asosiy sohalariga ixtisoslashgan: ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, sanoat texnologiyalarini birlashtirish va barqaror ishlab chiqarish tizimlarining texnologiyalari. Uning tarkibiga 3 ta tadqiqot markazi va 7 ta hududiy bo‘linma kiradi.
Mazkur loyiha doirasidagi birinchi (kick off meeting) yig‘ilish avgust oyining oxirida Chirchiq va Olmaliq shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha joriy yilda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Amir Obidov,
Innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazi rahbari