Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Grinch – yangi yil o'g'risi

04 Yanvar 2025, 11:6 979

Bolajonlarning qishki ta’til kunlarini maroqli tashkil etish maqsadida "Metallurg" madaniyat saroyi ijodkorlari ularga ajoyib sovg’a hozirladi.

2025-yil 2-yanvardan 10-yanvar kuniga qadar kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari "Grinch – yangi yil oʻgʻrisi" nomli teatrlashtirilgan tomoshaga tashrif buyurishlari mumkin boʻladi.

Madaniyat saroyi xodimi Igor Tuxtayev ssenariysi asosida sahnalashtirilgan tomoshada turli mult qahramonlarning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi aks etgan yangi yil ertagi bolajonlarni sarguzashtlar olamiga sayohat qilishga chorlaydi.

Ish yurituvchi Lola Absamatova ertak tarjimasi ustida ish olib bordi. Rejissyor - madaniyat markazi bosh ma'muri vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Amanov. Spektaklning musiqiy dizayni ustida ishlagan ovoz rejissyori Farrux Sherbutayev. Iste'dodli rassom-dizayner Gulnoza Alovdinova ajoyib sahna bezaklarini yaratdi. Qahramonlar uchun kostyumlar Gulnoza Yunusova, Dilnoza Toshmatova va Lenara Ramazanovalar tomonidan tayyorlandi.

Aziz hamshaharlar barchangizni ajoyib yangi yil ertagi tomoshalariga taklif etib qolamiz. Farzandlaringiz uchun unutilmas xotiralarni hadya eting.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech