"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an'anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma'naviy merosi, madaniy boyliklari va qo‘hna tarixiy yodgorliklaridir. “Urf-odat - an'analar sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib-qoida, rasm-rusum, tamoyil”lar jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olib, ularda o‘z ifodasini topadi.
OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 21-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida MTT xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan "Xush kelibsan, Navro‘zi olam" tanlovida ham aynan milliy qadriyatlarimiz tarannum etildi.
Tanlovda ishtirokchilar kelin salom va pazanda kelin kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan tanlovda 31-sonli MTTning “Guloyimlar” jamoasi g‘olib deb topildi.
Farog‘at Matkarimova,
IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi