Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi «Gulzor» yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 308 nafar qoraqalpog‘istonlik bolalar dam olmoqda.
Kecha oromgohga kelgan bolalar tantanali ravishda kutib olindi, – deya xabar bermoqda kombinat matbuot xizmati. Qayd etilishicha, kombinat kasaba uyushmasi Kengashi faollari mavsumning maroqli o‘tishi barcha sharoitlarni hozirlashgan.
– Bolalar uchun ta'tilning eng qiziqarli davri «Gulzor»da o‘tishiga ishonaman, – deydi OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassisi Feruza Bazarova. – Oromgohimizda bolajonlarning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Malakali va faol yetakchilarni jalb etgan holda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, sport va badiiy tanlovlar uyushtirish rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, ular 12 kun davomida olam-olam taassurot olishadi.
Oromgohga kelgan bolalar yuz-ko‘zlarida porlab turgan quvonch ularning mamnunligini ifoda etmoqda.
– Tabiati juda go‘zal, ob-havosi o‘ta toza, salqin joy ekan. Menga juda yoqdi. Miriqib hordiq chiqaryapmiz. Biz jonajon O‘zbekistonimiz hamisha mana shunday tinch, osuda va serfayz, do‘stlarga bag‘ri ochiq bo‘lishini istaymiz, - deydi nukuslik Farangiz Maxsetbayeva.
Axborot xizmati