• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Halol ishlab topilmagan pul hech qachon yaxshi kuningizga yaramaydi!

08 Yanvar 2024, 10:33 742

Joriy yilning 5-yanvar kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda “Qalmoqir” KB tovar moddiy boyliklarini butligini saqlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Hakimov, OKMK qoshidagi IIB tergov bo‘limi, tergov boshlig‘i o‘rinbosari, mayor - B.Abdukarimov, OKMK qoshidagi IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi mayor, I.Juraqulovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda kon boshqarmasida sodir etilgan jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida so‘z bordi.

I.Juraqulovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda yurtimizda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan harakatlarga qaramay, yurtimizda xususan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ham qonunbuzarlik, firibgarlik, o‘g‘rilik va tovlamachilik holatlari uchrab turibdi. Ana shunday holatlardan biri yaqinda “Qalmoqqir” KB Yoshlik I konida sodir etilgan. Unda bir qator ishchi-xodimlar tomonidan ekskavatorning 4 dona drossel ehtiyot qismlari o‘g‘irlanib, sotib yuborilgan. Hozirda ushbu jinoyat yuzasidan tergov jarayonlari olib borilmoqda va mazkur ish yuzasidan gumonlanuvchilar guvoh sifatida so‘roq qilinmoqda. - Umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, mazkur jinoyatga ham oddiy e'tiborsizlik sabab bo‘lgan, - deydi I.Juraqulov. - Bir necha shaxslar o‘g‘rilik sodir etilganidan so‘ng ham ehtiyot qismlarning yo‘qligi haqida rahbarlarga yoki ichki ishlar xodimlariga xabar berishmagan. Natijada esa kon ishlab chiqarish jarayonida muhim o‘rin tutuvchi ekskovator nosoz holga kelgan va bu kombinat tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarishga to‘sqinlik qilmoqda. Hurmatli bo‘linma rahbarlaridan iltimosimiz bunday holatlar kelgusida takrorlanmasligi uchun ushbu xolat bo‘yicha ish joylarida ham ishchi-xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borilishini so‘rab qolardik.

Achinarlisi, mazkur holat sizlar bilan bir mehnat jamoasida ish faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlar tomonidan sodir etilgan. Bunga o‘xshash holatlar juda ham ko‘p uchraydi. Yana bir e'tiborli jihati orangizda oson pul topish istagida o‘z hamkasblari nomiga kredit olib yoki pul evaziga ishga joylashtirishini aytib aldayotgan firibgarlar, davlat mulkini talon-taroj qilib jinoyat sodir etayotganlar soni ko‘paymoqda. Hurmatli ishchi-xodimlar bir narsa yodingizdan chiqarmang. Halol yo‘l ishlab topilmagan pul hech qachon yaxshi kuningizga yaramaydi. Mo‘may daromad topaman deb jinoyatga qo‘l urishdan avval uning oqibatlarini, o‘zingiz va oilangiz sha'ni o‘ylab ko‘ring.

Tadbir davomida ma'sullar tomonidan ushbu holat keng muhokama qilinib, undan barcha o‘ziga kerak bo‘lgan xulosa chiqarib olishi ta'kidlandi.

X.Abdullayev,

“Qalmoqir” KB direktorining yoshlar masalari bo‘yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech