"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda OKMK Komplaens-nazorat xizmati va O‘quv markazi hamkorligida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimiga mas'ul mutaxassislarni “Halollik vaksinasi bilan emlash” tamoyili asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat” mavzusi bo‘yicha malakasini oshirish uchun qisqa muddatli (10 soat) o‘quv kurslari tashkil etilgan.
O‘quv kurslari 6-oktyabr sanasiga qadar davom etadi. O‘quv kursida mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari olib bormoqda.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.
Axborot xizmati