Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-sonli qarori va “Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 31 oktyabrdagi “Olmaliq KMK” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki normativ hujjatlarini tasdiqlash hamda Komplaens-nazorat tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 001258-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari. Foydalanish boʻyicha talablar va qoʻllanma” xalqaro standartini joriy etish va qoʻllash maqsadida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida kombinat tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimiga mas’ul 131 nafar mutaxassis ishtirok etishdi.
Ijro apparati va Oʻquv markazi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida tinglovchilarga “Halollik vaksinasi bilan emlash” tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat” mavzusi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻquv kurslari joriy yilning 26 sentyabridan 6 oktyabrgacha 4 guruhga boʻlingan holda tashkil etildi.
Oʻquv kurs mashgʻulotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari va vazirlik huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari jalb etildi.
Kuni kecha Oʻquv markazida kursni muvaffaqiyatli tugatgan mutaxassislarga tegishli sertifikatlarni topshirish tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda sertifikatlarni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari R.Sattorov, Komplaens-nazorat xizmati boshlig’i Sh.Joʻraev va Oʻquv markazi rahbari D.Karimovlar tantanali ravishda topshirishdi.