Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 13 mart kuni 2-Mis boyitish fabrikasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Tadbirda kombinat ob’yektlarida yongʻin xafvsizligini tashkil etishni ta’minlash boʻlimi. Fuqaro muhofazasi otryadi, fabrika koʻngilli oʻt oʻchirish tuzilmalari ishtirok etishdi.
Dastlab, korxonalarda va butun dunyodagi yong‘inlarning kelib chiqishi tahliliga bagʻishlangan videolavha namoyish etildi.
FM otryadi komandirining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari v.b. B.Abdulqosimov “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarining 2023 yilda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari va 2024 yil vazifalari to‘g‘risida maʻlumot berib oʻtdi.
Seminarning amaliy qismida o‘t o‘chiruvchilarning jangovar texnika vositasi, birlamchi yong‘inga qarshi vositalarning maxsus jihozlari namoyish etildi.
Kombinat ob’yektlarida yongʻin xafvsizligini tashkil etishni taʻminlash bʻolimi xodimlari tomonidan birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalangan holda yongʻinni bartaraf etildi.
Mazkur seminarning oʻtkazilishidan koʻzlangan maqsad fabrika rahbar xodimlari va koʻngilli oʻt oʻchirish tuzilmalari tarkibi a’zolarining yuzaga keladigan favqulodda vaziyatalrni to‘g‘ri baholash, yong‘inlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borishda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’naviy va jismoniy tayyorligini tekshirishdan iborat boʻldi.
Shuningdek, seminar yakunida 2023 yil davomida 2-Mis boyitish fabrikasi boʻlim va boʻlinmalarining KOʻOʻ a’zolari yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida, seminarlarda va yongʻin xavfsizligini taʼminlashda faol ishtiroki uchun Kasaba uyushmasi qʻomitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Munojat Dustmuradova,
2-MBF Ishlab chiqarish nazorati yetakchi muhandisi