Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining asosiy vazifalari, eng avvalo, yong‘inlarning oldini olish, aholi o‘rtasida keng ko‘lamdagi targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shu orqali yong‘inlar sonini kamaytirishdan iborat. Ayni maqsadda navbatdagi uchrashuv Mis eritish zavodida tashkil etildi.
Mamlakatimizda haftaning har chorshanba kuni yong‘in profilaktikasi tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Bu esa nazariy va amaliy bilimlarning mustahkamlanishi ishlab chiqarish xavfsizligi uchun muhim ahamiyatlidir.
“Favqulodda holatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash muhim masala” mavzuidagi uchrashuv avvalida zavodning sex va uchastkalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni o‘rganish, ularning oldini olish choralari muhokama etildi.
Kombinat tarkibidagi Yong‘in qutqaruv bo‘linmasi, Fuqaro muhofazasi otryadi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda shuningdek, aynan zavod ishchilari mehnat jarayonlarida bilishi lozim bo‘lgan eng muhim holatlar alohida keltirib o‘tildi. Kichik bir e'tiborsizlik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi va har bir xodim eng avvalo, xavfsizlik texnikasi borasidagi bilimlarini mustahkamlashi lozimligi ta'kidlandi.
Qutqaruvchilar tomonidan yong‘in o‘chirish tartib qoidalari va shu holatda ishchining bilishi lozim bo‘lgan jihatlar amaliy ko‘rsatib berildi. Tadbirda sun'iy sodir etilgan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi.
MEZning ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar jamoasining ham ishtirok etishi, favqulodda vaziyatlardagi ko‘nikmalarini yanada oshirdi. Bu kabi uchrashuvlar Kombinat bo‘linmalari bo‘ylab doimiy tashkil etiladi.
Axborot xizmati