"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Rossiyaning injiniring kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.
OKMK Axborot kommunikatsion texnologiyalari sohasi mutaxassislari va mehmonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv davomida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va raqamlashtirish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Axborot xizmati